Haydovchisiz avtomashinani kim boshqarayotgan edi?
Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchisi yo‘q qora rangli “Neksiya” rusumli ikki avtomobil yo‘l o‘rtasida ketayotgani aks etgan video tarqaldi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib boshqarilib ketayotgan mashina raqamlardan ayonki, avtomashina Farg‘ona viloyatiga tegishli. Ushbu xolat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIBB YHX boshqarmasi matbuot xizmati Elbek Qobilov zamon.uz muxbiriga rasmiy munosabat berdi.
Qidiruv surishtiruv natijasida maʼlum bo‘lishicha, mashina Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan. Biroq biz mashinani Namangan viloyatidan aniqladik.
-Mashina salonida haydovchi bo‘lganmi?
- Bo‘lgan, biroq u mashinani yon o‘rindiqda o‘tirib boshqargan. Shuningdek, tarqalgan videoda ko‘rishimiz mumkinki, harakatlanish vaqtida haydovchi uyali aloqa vositasidan ham foydalangan.
Yuqoridagi qoidabuzarliklar bo‘yicha haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rildi. Yon o‘rindiqda o‘tirib boshqargani, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yish ayanchli oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.







