Jamiyat

Qarshi tumanida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi. “Lacetti” yonib ketdi

Qarshi tumanida 13 iyul kuni “Damas” bilan to‘qnashgan “Lacetti” yonib ketdi.

Qarshi tumanida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi. “Lacetti” yonib ketdi

 

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa soat kecha 17:20 da 4K-320 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida Paxtaobod qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan.

 

 Aniqlanishicha, “Damas” avtomobili qayrilib olish qoidasini buzib, yo‘lning qatnov qismida to‘xtab qolgan va yo‘nalish bo‘yicha harakatlanib kelayotgan “Lacetti” mashinasi unga kelib urilgan. Shuningdek, YTHda “Lacetti” yonib ketgani aytilgan.

 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Damas” mashinasining haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. 

Qarshi tumanida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi. “Lacetti” yonib ketdi | Zamon.uz