Jamiyat

Buxoroning yetti tarixiy obidasi ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi

Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi va Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Islom olamining taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritish maqsadida Buxorodagi 7 ta madaniy meros obyektlarning tegishli nomzodnoma hujjatlari tayyorlanib Islom Olami Merosi Qo‘mitasiga taqdim etilgan edi.

Buxoroning yetti tarixiy obidasi ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi nomidan taqdim etilgan nomzodnoma hujjatlari ko‘rib chiqilib, Buxorodagi 7 ta: Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poi-Kalon ansambli, Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalari ICESCOning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritildi.

 Shuningdek, Iordaniya (1 ta), Eron (5 ta), Bangladesh (3 ta), Jazoir (1), Iroq (5 ta), Falastin (7 ta), Qatar (3 ta), Kamerun (1 ta), Liviya (16 ta), Misr (3 ta), Marokash (6 ta) davlatlarida joylashgan obidalar ham Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Buxoroning yetti tarixiy obidasi ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi | Zamon.uz