Jamiyat

DTM: Oliy taʼlim muasasalariga kirish test sinovlari o‘z muddatida bo‘ladi

Bunga sabab Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan akademik litseylarning imtihoni sentyabr oyiga ko‘chirilgani haqida xabar tarqatilganidir.

DTM: Oliy taʼlim muasasalariga kirish test sinovlari o‘z muddatida bo‘ladi

 

 

Davlat test markazining maʼlum qilishicha shu kunlarda tashkilotga “Imtihonlar haqiqatdan ham senyabrga qoldirildimi?”, “Nima uchun sentyabr oyiga qoldirildi?” kabi savollar mazmunidagi murojaatlar soni ko‘paygan. 


Bunga sabab Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan akademik litseylarning imtihoni sentyabr oyiga ko‘chirilgani haqida xabar tarqatilganidir.


Shunga ko‘ra DTM maʼlum qiladi: Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentyabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.