Ish “plan”i to‘lmadi. Yana bir nechta daraxtlarga “belgi solib”, ip bilan o‘rab ketildi
Bu bilan ham ularning ish “plan”i to‘lmagan, shekilli, yana bir nechta daraxtlarga “belgi solib”, ip bilan o‘rab ketishganni maʼlum qilindi.

Oldinroq, Xorazmda “kesarmon”larga chora ko‘rilganligi haqida xabar bergandik.
Mazkur hududdan ismi oshkor etilmasligini istagan bir fuqaro Zamon.uz‘ga yozishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari joriy yilning 10 iyul sanasida tuman hududidan veloyo‘lak qurish vaji bilan 28 tup daraxtni kesgan. Bu bilan ham ularning ish “plan”i to‘lmagan, shekilli, yana bir nechta daraxtlarga “belgi solib”, ip bilan o‘rab ketishganni maʼlum qilindi.
Ushbu maʼlumotga oydinlik kiritish maqsadida viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan bog‘landik.
Bizga maʼlum qilinishicha, 10 iyul kuni sodir bo‘lgan holat bo‘yicha fuqaro T.A.ga hech qanday ruxsatnomasiz daraxtlarni kesganligi uchun 86 million so‘m miqdorida jarima belgilangan. Qo‘mita matbuot xizmati xodimi agarda holat yana takrorlansa, jinoiy ish ochilishi ham mumkinligini aytdi.
Shu o‘rinda Zamon.uz tahririyati Ekoqo‘mita va Ekoharakat vakillaridan shu kabi vaziyatlarga jiddiyroq qarashlarini so‘raydi.
Zayniddin Norquvvatov







