Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev koronavirusga qarshi o‘zbek–xitoy vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.


Qayd etilishicha, hokim ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi dozasini olgan.
«Hurmatli hamshaharlar, bugun o‘zbek–xitoy vaksinasining ikkinchi dozasini qabul qildim. O‘ylaymanki, koronavirusning oldini olishga juda katta yordam beradi.
Aholi bilan, shifoxonada yotganlar bilan gaplashyapmiz COVID-19 ga chalinganlardan ko‘ra vaksina olganlarning ahvoli ancha yengil kechyapti.
Nasib qilsa yana 20 kundan keyin vaksinaning 3-dozasini olamiz. Xudo xohlasa bu ko‘nglimiz xotirjam bo‘lishi uchun sabab bo‘ladi. Boshqalarga ham vaksina olishni tavsiya qilaman. Bu bilan oldimizda turgan og‘ir kasallikni bartaraf etishga yordam bergan bo‘lardik» – deydi shahar hokimi.







