JSST koronavirus birinchi marta aniqlangan laboratoriyalarda tekshiruv o‘tkazadi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2019 yil dekabrida birinchi marta koronavirus aniqlangan laboratoriyalarda tekshiruv o‘tkazmoqchi.

Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus eʼlon qildi.
Oldinroq u koronavirusning laboratoriyada sunʼiy yaratilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxmindan voz kechmaslikka chaqirgan edi.
JSST kotibiyati odamlar, yovvoyi hayvonlar, fermalarda saqlanadigan jonivorlar va atrof-muhitda kompleks tadqiqot o‘tkazadi. Oldinroq SARS-CoV-2 aniqlangan asosiy geografik tumanlar va ularga qo‘shni hududlar o‘rganiladi.
Tashkilot Uxandagi jonivorlar sotiladigan bozorlarini ham tekshiradi. Shuningdek, ayrim laboratoriyalar, tadqiqot markazlarida audit o‘tkaziladi.
Tedros Adxanom Gebreyesus patogenlar yoki SAGO‘ning yangi holatlari bo‘yicha doimiy amal qiluvchi ilmiy maslahat guruhlari tuzilishini taʼkidladi. Guruhning vazifalariga pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi viruslarni aniqlash kiradi.







