Jamiyat

Koreyada Alisher Navoiyning, Toshkentda qirol Sejonning haykali o‘rnatiladi

Seuldagi Sochxo-Gu munitsipal okrugi va Mirobod tumani vakillari o‘rtasida qo‘shma memorandum imzolandi.

Koreyada Alisher Navoiyning, Toshkentda qirol Sejonning haykali o‘rnatiladi

 

 

Unga asosan ikkala tomon ham o‘z hududlarida tarixiy shaxslarga haykallar o‘rnatadi. Delegatsiyalar tashrifi va kadrlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

 

 

Tuman matbuot xizmatining maʼlumotlariga ko‘ra, Sochxo-Go okrugida Alisher Navoiy siymosi gavdalanadi. Mirobod tumanida joylashgan Koreya Respublikasi elchixonasi yaqinida koreys qiroli Sejonning haykali o‘rnatiladi.

 

Qirol Sejon-koreys milliy alifbosi asoschisi bo‘lib, uning davrida koreys milliy madaniyati gullab yashnagan.

Koreyada Alisher Navoiyning, Toshkentda qirol Sejonning haykali o‘rnatiladi | Zamon.uz