Rossiyaning Xanti-Mansi avtonom okrugida o‘zbekistonlik ishchilarning o‘limida ayblangan 42 yoshli tadbirkor sudlanmoqda. Bu haqda “Znak” xabar berdi
Maʼlum qilinishicha, tadbirkorga qarashli parrandachilik fermasida Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan uch ishchi yong‘in oqibatida vafot etgan.

Tadbirkor erkak Rossiya federatsiyasi jinoyat kodeksining 219-moddasi 3-qismi «Yong‘in xavfsizligi talablarini buzish, oqibatda uch kishining o‘limiga olib kelish» bilan ayblanmoqda.
Jinoiy tekshiruv hujjatida taʼkidlanishicha, tadbirkor ishchilarini yashash joyi bilan taʼminlash uchun o‘z uchastkasidagi ikkita turar-joy binosini jihozlagan. Ammo u elektr pechini ulashda xavfsizlik qoidalarini buzgan. Binolar favqulodda chiqish joylari, odamlarni yong‘in haqida ogohlantirish vositalar bilan jihozlanmagan.
Oqibatda, elektr tarmog‘ida favqulodda yong‘in chiqqan. Xonada bo‘lgan 60, 25 va 24 yoshli uch ishchi yong‘in mahsulotlari isidan zaharlanib vafot etgan.







