Jamiyat

Samarqandda fuqaro farzandini davolashga kelmagan navbatchi shifokorlarni kaltakladi

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda fuqaro farzandini davolashga kelmagan navbatchi shifokorlarni kaltakladi

 

 

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida shifokorning kaltaklanishiga oid holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 15 iyul kuni 23:00 larda tumanning “Qo‘shquduq” mahallasida joylashgan qishloq vrachlik punktiga shu mahallada yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan X.M. kelib, navbatchi shifokorga farzandini davolashga kelmaganini aytib, shifokor T.F. va navbatchi feldsher N.I.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda fuqaro farzandini davolashga kelmagan navbatchi shifokorlarni kaltakladi | Zamon.uz