UMUMIY OVQATLANISH OBYEKTLARI FAQAT OChIQ MAYDONLARDA ISHLASHIGA RUXSAT BERILADI
Shu yilning 20-iyulidan boshlab, umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha, faqatgina, ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 28-iyunidan respublika bo‘yicha ko‘ngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob’yektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.







