Xalq shoiri Usmon Azim “Karvon” sheʼrini roziligisiz ijro etgan Sanjayni sudga berdi. Jo‘rayevlarning bunga aloqasi yo‘q
Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining xabar berishicha , Sanjar Djavberdiyev (Sanjay) ismli shaxs xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan “Karvon” nomli sheʼrni O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimovning roziligisiz va hech bir kelishuvsiz ijro etgan.

Shunga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza berilgan. Agentlik Sanjayga nisbatan mualliflik huquqini buzish bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudiga yuborgan.
Sanjay ijro etgan “Karvon” qo‘shig‘iga Sherali Jo‘rayev va uning farzandlari tomonidan hech qayerga hech qanday shikoyat berilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi «Jo‘rayevlar “Karvon” qo‘shig‘i uchun sudga berdi», degan gaplar yolg‘on.







