Jamiyat

Murod Xonto‘rayev o‘limidan avval mast bo‘lgani haqida xabar tarqatgan yigit uzr so‘rab chiqdi

Ushbu xabarlarni tarqatgan yigit qilgan ishidan afsusda ekanini aytib uzr so‘radi.

Murod Xonto‘rayev o‘limidan avval mast bo‘lgani haqida xabar tarqatgan yigit uzr so‘rab chiqdi

 

Sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev avtohalokatga uchrab vafot etgani haqida xabar berilgandi. Sportchi vafotidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda uning mast bo‘lgani va o‘limidan biroz avval bir kishiga pistolet o‘qtalgani haqida ovozli xabar tarqaldi. Ushbu xabarlarni tarqatgan yigit uzr so‘rab chiqdi.

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli xabarda Murod Xonto‘rayev yo‘lga chiqishdan avval Chorvoqning “Bo‘chka” dam olish maskani atrofidagi restoranlardan birida shu yerda yashovchi yigitlar bilan mast holatda tortishib qolgani, ularning biriga pistolet tiragani aytilgan. Shundan so‘ng do‘konga kirib «aroq, viski olib pulini ham to‘lamay» chiqib ketgani aytilgan.

Ushbu xabarlarni tarqatgan yigit qilgan ishidan afsusda ekanini aytib uzr so‘radi.

«Men o‘sha ovozli xabarlarni tarqatgan yigitman. Ovozli xabarni o‘zimning do‘stlarim guruhiga tashlagandim. Tezda katta Telegram kanallarga tarqalib ketibdi. Ming bor uzr so‘rayman, do‘stlari, ota-onalari va oila aʼzolaridan.

Men Murod akam bunday ishlar qiladilar deb o‘ylamasdim, eshitgan gapimni aytibman», – deydi ovozli xabarlar tarqatgan yigit.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev 19 iyul, dushanba kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘z boshqaruvidagi BMW X5 avtomashinasida avtohalokatga uchrab, vafot etdi.

Murod Xonto‘rayev o‘limidan avval mast bo‘lgani haqida xabar tarqatgan yigit uzr so‘rab chiqdi | Zamon.uz