Jamiyat

Nomaʼlum shaxs o‘zganing “Lasetti”sini tosh bilan urib dabdalasini chiqargani rostmi? IIBB munosabat bildirdi

Taʼkidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Nomaʼlum shaxs o‘zganing “Lasetti”sini tosh bilan urib dabdalasini chiqargani rostmi? IIBB munosabat bildirdi

 

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi internetda tarqalgan “Noma‘lum shaxs bir insoni Lasettisini tosh bilan urib dabdalasini chiqardi” sarlavhali video bo‘yicha munosabat bildirdi.

Maʼlum bo‘lishicha, 2021 yil 18 iyul kuni taxminan soat 21:30 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida Qashqadaryo viloyatilik 1988 yilda tug‘ilgan A.X. yerdan tosh ko‘tarib 1997 yilda tug‘ilgan Jizzax viloyatilik A.A. boshqaruvidagi “Lacetti” (davlat raqami 01 X 401 YEA) avtomobiliga shikast yetkazgan.

Taʼkidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Nomaʼlum shaxs o‘zganing “Lasetti”sini tosh bilan urib dabdalasini chiqargani rostmi? IIBB munosabat bildirdi | Zamon.uz