Jamiyat

Qashqadaryoda 60 yoshli erkak sharʼiy nikohdagi to‘rtinchi xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Ichkariga kirgan er to‘g‘ri ayoli ishlab o‘tirgan xonaga borgan.

Qashqadaryoda 60 yoshli erkak sharʼiy nikohdagi to‘rtinchi xotinini pichoqlab o‘ldirdi

 

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida xotinini uning ishxonasida pichoqlab o‘ldirgan 60 yoshli erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 10 iyul kuni soat 09:00 larda erkak turmush o‘trog‘i ishlaydigan shifoxonaga emlanish bahonasida kelgan. Hamshiralar erkakning shaxsiy kasallik kartasini qidirayotgan vaqtda u bino ichiga kirib ketgan.

Ichkariga kirgan er to‘g‘ri ayoli ishlab o‘tirgan xonaga borgan. Ayol eridan qochib, duch kelgan xonaga kirib ketgan, biroq erkak uning ortidan borib, yonida bo‘lgan pichoq bilan unga tan jarohatlari yetkazgan.

«Doim ichib kelib, janjal qiladi. Yasholmayman u bilan, deb aytardi. Xonaga kirsam, eri ustida pichoqlab yotgan, bosh shifokorimiz ajratib olayotgan ekan», — deydi marhumaning hamkasblaridan biri.

Qashqadaryoda 60 yoshli erkak sharʼiy nikohdagi to‘rtinchi xotinini pichoqlab o‘ldirdi | Zamon.uz