Xitoyda maymun virusidan birinchi odam o‘limi qayd etildi
Bu haqda «Global Times» xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, xastalikdan o‘lgan shaxs pekinlik 53 yoshli erkak veterinar bo‘lgan. U bahorda o‘zining eksperimental tadqiqot ishlari doirasida o‘lik maymunlarni yashirib kelgan. Biroq 30 kun ichida veterinarda ko‘ngil aynish, qusish va isitma alomatlari paydo bo‘lgan. Erkak 27 may kuni vafot etgan.
Tadqiqot natijalari marhumning maymun virusi B (BV) bilan kasallanganini tasdiqlagan. Erkakning qarindoshlarida o‘tkazilgan testlarda virus aniqlanmagan. Shuningdek, bunday holatlar ilgari Xitoyda kuzatilmagan.
Maʼlumot uchun, 1932 yilda aniqlangan maymun virusi o‘ta yuqumli bo‘lib, virusdan o‘lish ko‘rsatkichi juda yuqori hisoblandi.







