Jamiyat

Farg‘onada olma bog‘ida kannabis yetishtirgan fuqaro aniqlandi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida olma bog‘ida giyohvand modda yetishtirgan shaxs aniqlandi, deya xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Farg‘onada olma bog‘ida kannabis yetishtirgan fuqaro aniqlandi

 

 

Qayd etilishicha, 9 iyul kuni shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida M.A.ning fermer xo‘jaligidagi olma bog‘i xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, olma bog‘ida kannabis giyohvandlik o‘simliklarni parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “a” bandi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘onada olma bog‘ida kannabis yetishtirgan fuqaro aniqlandi | Zamon.uz