Prezident bilan tadbirkorlik mavzusida ochiq muloqot uchun savol va takliflarni qabul qilish boshlandi
Yaqin kunlarda O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi.


Taʼkidlanishicha, ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, respublikada biznes muhitini yana-da yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
«2021 yil 20 iyuldan 31 iyulgacha faoliyatingizga bog‘liq masala, biznesingizni kengaytirish va rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.
Murojaatlarni har bir tumandagi tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, yoki shtab call-markazining 11-00, (71) 238-52-52, (78) 150-60-06, (71) 202-09-06 telefon raqamlari orqali yetkazish mumkin.







