Toshkentning qator mavzelarida 23 iyuldan issiq suv taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning qator mavzelarida 23 iyuldan issiq suv taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi


Toshkentning ayrim hududlarida sovuq suv taʼminoti uzilishi munosabati bilan 23 iyul soat 09:00 dan 24 iyul soat 21:00 ga qadar issiq suv taʼminoti ham vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK xabar berdi.
Issiq suv o‘chiriladigan manzillar ro‘yxati:
Markaz-6
-
Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tallimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq 1—7, Qo‘yliq—“Obvodnoya” massivlari.
Markaz-8
-
Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, Sergeli 1—8A, Yo‘ldosh 1—18, Markaz-1, 2, 3, Do‘stlik — 1, 2-massivlari.
“Vodnik” qozonxonasi
-
Husayn Boyqaro ko‘chasi, “Vodnik” massivi hududi.
“Sanoatenergo” qozonxonasi
-
“Quruvchi” massivi.
Eslatib o‘tamiz, iyun o‘rtalarida poytaxt hokimligi Toshkentda isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida issiqlik tarmoqlari sinovdan o‘tkazilishi haqida fuqarolarni ogohlantirgandi.







