YPX xodimi haydovchidan avtomobil salonidan tushishini talab qilishga haqlimi?
AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholidan kelgan ushbu savolga quyidagicha javob berildi:

" Amaldagi qonunchilikka asosan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi transport vositasini to‘xtatganda haydovchi va yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan (salonidan) chiqishni faqatgina quyidagi hollarda talab qilishga haqli:
- transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida, haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;
-transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;
-transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda, haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;
-haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollarda yaʼni, haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori vositalari taʼsirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda".







