Andijonda gilam tagidan 7 mln so‘m o‘g‘irlab ketildi
Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida gilam tagidan pul o‘g‘irlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.


Xo‘jaobod tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yilning 3 iyul kuni fuqaro M.O. yashash uyiga nomaʼlum shaxs g‘ayriqonuniy yo‘l bilan kirib, mehmonxonasiga yozilgan gilam tagidagi 7 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Xo‘jaobod tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyat 2021 yilning 3 iyul kuni, taxminan, soat 14:30 da Izboskan tumanida yashovchi O‘.M. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







