Namanganda sel oqibatida ikkita ko‘prik shikastlandi
Namangan viloyatida ikki ko‘prikka sel oqibatida shikast yetdi, deya xabar bermoqda YHXBB.


Ob-havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Kosonsoy tumani tomonidan sel toshqini kelib, Namangan shahar hududidan o‘tgan 4R-117 To‘raqo‘rg‘on–Namangan–Chortoq avtomobil yo‘lining 15-kilometrida joylashgan ko‘prikka zarar yetgani sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat to‘liq cheklandi.

Shuningdek, 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 73-kilometrida joylashgan “Tashlama” ko‘prigiga zarar yetgani sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat qisman (bir tomonlama tashkil etilgan) cheklandi.







