Jamiyat

Qalbaki PZR-test natijalarini sotish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi

Qalbaki PZR-test natijalarini sotish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi.

Qalbaki PZR-test natijalarini sotish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi

 

 

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirda tuman tibbiyot birlashmasining patronaj hamshirasi va birinchi tuman poliklinikasi hamshirasi hibsga olindi. Ular har biri soxta PZR-test uchun 150 ming so‘mdan olganiligi maʼlum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilardan birining uyidan noutbuk va rangli printer topilgan.

Shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportida ham 2 nafar fuqaro soxta PZR-testlari uchun 400 ming so‘mni sotayotgan vaqtida ushlandi.

Taʼkidlanishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib borilmoqda.

Qalbaki PZR-test natijalarini sotish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi | Zamon.uz