Jamiyat

Surxondaryoda Lacetti va Nexia avtomobillari to‘qnashib ketdi, bir kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti va Nexia avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.

Surxondaryoda Lacetti va Nexia avtomobillari to‘qnashib ketdi, bir kishi vafot etdi

 

Qayd etilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanidan o‘tgan 4R–101 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida Lacetti rusumli avtomashinasi yo‘ldagi chuqurlardan qochish maqsadida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan va qarshisidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia ichidagi yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Lacetti haydovchisi 2020 yil yanvar oyida spirtlik ichimlik isteʼmol qilib mast holatda mashina boshqargani uchun vaqticha transport vositasi boshqarish huquqidan mahrum etilgani aniqlangan.

Surxondaryoda Lacetti va Nexia avtomobillari to‘qnashib ketdi, bir kishi vafot etdi | Zamon.uz