Jamiyat

Surxondaryoda talabalarni 5,4 mln so‘mga chuv tushirib ketgan shaxs ushlandi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2021 yil 18 may kuni tumanning “Bog‘aro” mahallasida yashovchi, M.O‘. tuman IIBga qilgan ariza bilan murojaat qilgan.

Surxondaryoda talabalarni 5,4 mln so‘mga chuv tushirib ketgan shaxs ushlandi

 

 

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida talabalarni kontraktini to‘lab berishini vaʼda qilib, ulardan 5,4 million so‘m olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi, deya xabar bermoqda IIV.

Qumqo‘rg‘on tumanida 2021 yil 18 may kuni tumanning “Bog‘aro” mahallasida yashovchi, M.O‘. tuman IIBga qilgan ariza bilan murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, Agrosanoat texnikumida ishlovchi, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.A. texnikumga 2021 yilda o‘qishga qabul qilingan talabalar – tumanning “Xalqobod” mahallasida yashovchi B.M., “Azlarsoy” mahallasida yashovchi Q.X., “Bog‘aro” mahallasida yashovchi I.J. hamda Sho‘rchi tumani “Elbayon” mahallasida yashovchi X.J.ni aldab, 2021 yil o‘quv yili uchun qisman kontrakt pullarini to‘lab berishini aytib, X.J.dan 2 370 000 so‘m, B.M.dan 1 000 000 so‘m, Q.X.dan 1 500 000 so‘m, I.J.dan 1 045 000 so‘m jami 5 400 000 so‘m pullarni olib, o‘zlashtirib ketganligini maʼlum qilgan.

4 iyul kuni M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (katta miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"