33 ta kompaniyaning IT Park rezidenti maqomi bekor qilindi
2021-yil 20-iyul holatiga ko‘ra IT Park rezidentlari 453 tani tashkil etadi.

IT Park rezidentlari o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli qarori talablariga muvofiq olib borishi hamda IT Park rezidentining faoliyat yuritish shartlari toʻgʻrisidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi lozim.

Joriy yilning 15-iyul kuni IT Park Direksiyasi yechimi bilan o‘z majburiyatlarini bajarmagan 27 ta kompaniyaning maqomini bekor qildi. Shu bilan, 2021-yil 20-iyul holatiga ko‘ra IT Park rezidentlari 453 tani tashkil etadi.
Nizom talablarini buzgan yuridik shaxslar IT Park rezidenti maqomidan mahrum qilinadi, soliq imtiyozlari esa belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlash majburiyatlarini tiklash bilan bekor qilinadi.







