Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi
Bugun, 22 iyul kuni oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni bo‘lib, 22 iyul kuni soat 23:59da abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.


Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz sayti va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, o‘z maʼlumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.
“Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlarini hamda taʼlim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda eʼtiborli bo‘lishlarini tavsiya qilamiz”, deyiladi Yagona portal xabarida.







