Qarshidagi YTH oqibatida bir nafar haydovchi vafot etdi
Joriy yilning 20 iyul kuni soat 22:00 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Kamandi” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda “Neksiya-3” mumkin bo‘lmagan yo‘ldan “Jiguli”ni quvib o‘tishga uringan. Natijada “Neksiya-3” “Jiguli”ning qarshisiga chiqib ketib, ikki mashina to‘qnashib ketgan.


Hodisa oqibatida “Jiguli” dagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Mashina haydovchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







