Qashqadaryolik fermer qaynukasi tomonidan urib o‘ldirildi
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fermer qaynukasi tomonidan urib o‘ldirildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, voqea Koson tumanining “Toshko‘prik” mahallasida sodir bo‘lgan.
Voqea haqida xabar bergan viloyat IIB axborot xizmati voqea sodir bo‘lgan paytga aniqlik kiritmagan. Biroq Ichki ishlar vazirligi saytida eʼlon qilingan xabarga ko‘ra, bu haqdagi muhokama 2021 yilning 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan.
Qayd etilishicha, fermer qaynukasi Furqatni yollanma ishchi sifatida jalb qilib, dalasiga g‘alla ekkan va uning mehnatidan foydalangan. G‘alla pishib yetilgach, davlatga belgilangan reja topshirilgan. Ammo rejadan ortiqcha g‘alla chiqmagani bois fermer xo‘jaligi g‘allasiz qolgan. Kelishuvga ko‘ra, g‘alla olishi kerak bo‘lgan qaynuka ham g‘allasiz qolgach, fermer pochchasidan somon so‘ragan. Pochcha esa somon berishni ham rad qilgan.
Bundan g‘azablangan qaynuka oldingi kelishmovchilik va mehnati uchun somon berishni rad etgan pochchasini avtomobil nasosi bilan urib o‘ldirgan.







