Jahon

Telegram asoschisi Pavel Durov 2011 yildan buyon telefonlari kuzatilishini aytdi

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov telefoni maxsus dasturlar orqali kuzatilayotganini 2018 yildayoq bilganini aytdi.

Telegram asoschisi Pavel Durov 2011 yildan buyon telefonlari kuzatilishini aytdi

 

Bu haqda u o‘z Telegram-kanalida yozdi.

"Allaqachon, 2018 yildayoq men telefonlarimdan biri maxsus dasturlar yordamida kuzatuv ro‘yxatiga kiritilganini bilardim. Men hayron bo‘lmadim, chunki 2011 yildan beri ishlatadigan telefonlarim oldindan kuzatilishiga ko‘nikib qolganman. Mening shaxsiy maʼlumotlarimga kira olgan odamning hafsalasi pir bo‘ladi, chunki ular hech qanday muhim maʼlumot topa olishmaydi" , - deb yozgan Durov.

Oldinroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, o‘sha paytdagi bosh vazir va yana 14 vazirning telefonlarida Isroilning Pegasus dasturiy taʼminoti orqali josuslik qilingan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Pegasus dasturiy taʼminoti ishlab chiquvchisi, Isroilning NSO Group tashkiloti Pavel Durov ham maxsus dastur yordamida kuzatuvda bo‘lgan odamlar qatorida bo‘lishi mumkinligini eʼlon qilgan.

Sharofat Mahmudova

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"