Jamiyat

Toshkentda vaqtincha suvsiz qoladigan hududlar soni oshdi

“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ vaqtincha suv taʼminotidan uziladigan hududlar ro‘yxatini yangiladi.

Toshkentda vaqtincha suvsiz qoladigan hududlar soni oshdi

 

Endilikda Toshkent viloyati Qibray tumani “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida D-1400 mm L-475 m, Toshkent shahar Sergeli tumani Xonobod ko‘chasida D-1000 mm L-370 m va Qipchoq ko‘chasida D-600 mm L-200 m ichimlik suv quvurlarini ko‘chirish jarayonida 23 iyul soat 09:00 dan 24 iyul soat 21:00 gacha quyidagi hududlarda suv taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

Yashnobod tumani bo‘yicha: “Katta Olmos”, “Iqbol”, “O‘rtamasjid”, “Mumtoz”, “Katta Qo‘yliq”, “Qo‘yliq Obod”, “Uysozlar”, “Tarnovboshi”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Behizor” mahallalari, 28 va 29- sonli oilaviy shifoxonalarida.

Bektemir tumani bo‘yicha: “Abay”, “Bektemir”, “Oltintopgan”, “Husayn Bayqaro”, “Majnuntol”, “Mirishkor”, “Rohat”, “Zilola”, “Iqbol”, “Chashma”, “Nurafshon” mahallalari, Porloq ko‘chasi, Suvsoz dahasi -1, 2- mavzelarida. Vodnik qozonxonasi.

Mirobod tumani bo‘yicha: “Qo‘yliq ota”, “Barotxo‘ja”, “Parvona”, “Bayot”, “Chinor”, “Yangi Qo‘yliq”, “Yuksalish”, “Fayziobod”, “Oq uy”, “Ziyonur”, “Tolariq” mahallalarida, Qo‘yliq mavzesi 1, 2, 3, 4 - dahalarida, Fayziobod, Bilimdon ko‘chalari, “Hayot” va “Daniyel Xil” mehmonxonalarida. 6-qozonxonasi.

Sergeli tumani bo‘yicha: “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Xonobod”, “Quruvchilar”, “Ziyokor”, “Madaniyat”, “Shukur Burxonov” mahalla fuqarolar yig‘inlarida. 6-qozonxonasi.

 

Yangihayot tumani bo‘yicha: “Olchazor”, “Charag‘on”, “Do‘stlik”, “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, tuman prokuraturasida.

Quyidagi hududlarda suv bosimi kamayadi:

Sergeli tumani bo‘yicha: “Qumariq”, “Qipchoq”, “Nurhayot”, “So‘g‘diyona”, “Daryo bo‘yi”, “No‘g‘ay Qo‘rg‘on”, “Viqor”, “Bunyodobod”, “Ziynat”, “Yo‘ldosh”, “Navqiron”, “Ittifoq”, “Ezgulik”, “Madadkor”, “Habibiy”, “Tashabbus”, “Yangi Umid”, “Oriyat”, “Marxamat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida.

“Musaffo obi xayot” MCHJ xududi bo‘yicha:

Qibray tumani bo‘yicha: “Chingeldi”, “Do‘stlik”, “Jarboshi”, “Toshisti”, “Ibrat”, “Arg‘in”, “Mirishkor”.

Zangiota tumani bo‘yicha: “Beruniy”, “Qorasuv”, “Xonobod”, “Qushbegi”, “Istiqlol”, “Nomdanak”, “Taraqiyot”, “Xonobodtepa”.

Avvalroq, Sergeli, Yakkasaroy, Yangihayot va Chilonzor tumanlartining ayrim mavzelarida vaqticha suv ta'minoti to'xtashi haqida xabar bergan edik.

Toshkentda vaqtincha suvsiz qoladigan hududlar soni oshdi | Zamon.uz