Jamiyat

Zangiotada davolanayotgan koronavirus bemorlari haqida ma’lumot beradigan bot ishga tushirildi

Toshkentda COVID-markazga olib ketilgan bemorni yaqinlari topa olmay qolayotgan holatlar ko‘p uchrayapti.

Zangiotada davolanayotgan koronavirus bemorlari haqida ma’lumot beradigan bot ishga tushirildi

Ayniqsa, bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa, vaziyat murakkabroq bo‘ladi. 

Masalan, taqsimlash markazlaridan biridan Zangiotadagi shifoxonaga olib ketilgan odamni qizi 13 kun izlagan va topa olmay IIBga murojaat qilgan.

Shunday holatlarda yordam berish uchun yangi bot:  @Zangiota2Bot ishga tushirildi. Bot orqali Zangiota shifoxonasiga olib borilgan bemorlar haqida ma’lumot olish mumkin.
 

Zangiotada davolanayotgan koronavirus bemorlari haqida ma’lumot beradigan bot ishga tushirildi | Zamon.uz