Muftiy Usmonxon Alimov Moskvada davolanmoqda
Muftiy Usmonxon Alimov ayni kunda Moskva shahrida o‘pka-qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tamoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.


Maʼlum qilinishicha, Usmonxon Alimovning holati barqaror. Zarur barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilayotgani aytilgan.
“Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini Yaratgan Parvardigordan iltijo qilib qolamiz”, deyiladi maʼlumotda.







