Jamiyat

O‘zbekiston aholisi yil boshidan beri qanchaga oshgani aytildi

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni yil boshidan 136,7 ming kishiga oshdi.

O‘zbekiston aholisi yil boshidan beri qanchaga oshgani aytildi

 

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,7 mln. kishini tashkil etmoqda.

Doimiy aholining o‘sish surʼati 101,9 % ga teng.

Mamlakatimiz aholisi yil boshidan har oyda o‘rtacha 45,9 ming kishiga ko‘paygan.

 2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,5 ming kishiga oshgan.

O‘zbekiston aholisi yil boshidan beri qanchaga oshgani aytildi | Zamon.uz