Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

Тошкент шаҳар ҳокимлиги аҳолидан зарурат бўлмаганда кўчага чиқмасликни сўради. Ҳокимлик матбуот хизмати тегишли хабар эълон қилди.

Toshkent shahar hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

 

 

Qayd etilishicha, iyul oyining 24-26 kunlarida respublikaga issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi oqibatida ob-havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda.

Bildirilishicha, keskin issiq havoda barcha insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar o‘zlarini himoyalashlari nihoyatda muhim. 

“Bunday sharoitda aholimizdan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasliklarini, ko‘proq suyuqlik isteʼmol qilishlarini so‘rab qolamiz. Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, issiq va quruq havoning salbiy oqibatlaridan o‘zingizni asrang”, deyiladi xabarda.

Toshkent shahar hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi | Zamon.uz