Jamiyat

Yunusobod tumanida elektron reklama qurilmasi yonib ketdi

Bugun, 23 iyul kuni soat 09:29larda Toshkent shahri, Yunusobod tumani, THAY ko‘chasi, Uch qahramon aylanma yo‘lida joylashgan elektron reklama qurilmasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yunusobod tumanida elektron reklama qurilmasi yonib ketdi

 

 

Toshkent shahar FVB matbuot xizmati Zamon.uz‘ga xabar qilishicha,yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 09:33da voqea joyiga yetib borgan va soat 09:38da yong‘in o‘chirilgan. 

 

Maʼlum qilinishicha, yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q, hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Yunusobod tumanida elektron reklama qurilmasi yonib ketdi | Zamon.uz