Jamiyat

1 dekabrga qadar kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etiladi

Bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 iyul kuni imzolangan “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘zda tutilgan.

1 dekabrga qadar kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etiladi

 

 

Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 dekabrga qadar kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lanishi taʼminlanadi hamda bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu vazifa ijrosi Davlat personallashtirish markazi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Energetika, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Kadastr agentligi, “O‘ZSUVTA‘MINOT” AJ hamda manfaatdor vazirlik va idoralar zimmasiga yuklatilgan.

Bundan tashqari, Kadastr agentligi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda barcha ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga bog‘lanishini hamda ko‘chmas mulk obyektlarining yagona manzillar reyestri bilan integratsiya qilinishini taʼminlaydi.

1 dekabrga qadar kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etiladi | Zamon.uz