Jamiyat

Shahrisabzda sigir quduqqa tushib ketdi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida sigir chuqurligi 5 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Shahrisabzda sigir quduqqa tushib ketdi

 

 

Taʼkidlanishicha, 22 iyul, payshanba kuni soat 11:50 da Shahrisabz shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga shaharning Abdulla Qodiriy ko‘chasi 28-uyda yashovchi fuqaro Nurbek Rahmatov murojaat qilib, sigiri hovlisidagi quduqqa tushib ketganini aytib, yordam so‘ragan.

 

 

 

«Mazkur murojaat yuzasidan, bo‘limning yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchilari yuqoridagi manzilga zudlik bilan yetib borib, quduqdagi sigirni jarohatlarsiz olib chiqishgan», — deyiladi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida.

Shahrisabzda sigir quduqqa tushib ketdi | Zamon.uz