Toshkentning to‘rtta tumani chegaralari o‘zgardi
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan poytaxtning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan 7,8 ming gektardan ko‘proq yer maydonlari qo‘shib berildi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkazildi.


Hujjatga ko‘ra:
▪️Sergeli tumani tarkibiga Zangiota tumanidan 1827,1 gektar;
▪️Bektemir tumani tarkibiga Yuqori Chirchiq tumanidan 490 gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan 1134,2 gektar;
▪️Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2294,6 gektar;
▪️Yashnobod tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2107,4 gektar yer maydoni qo‘shildi.
Bundan tashqari:
▪️Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Zangiota tumani;
▪️Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazildi.







