Jamiyat

Yurtimizda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqiladi

Kecha Innovatsion rivojlanish vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining taklifiga ko‘ra, Xitoyning «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi aʼzolaridan iborat delegatsiya Toshkentga keldi.

Yurtimizda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqiladi

 

Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, delegatsiya ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida kelgan.

Xitoy Fanlar akademiyasi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi nomzod vaksinasini yaratish loyihasining tashabbuskori va koordinatori hisoblanadi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Sog‘liqni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining vaksina sinovlarida bevosita ishtiroki, shuningdek, klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasi natijasida O‘zbekiston vaksinaning hammuallifi sifatida eʼtirof etilgan.

Yurtimizda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqiladi | Zamon.uz