Sport

Tokio-2020: Ikkinchi kun dasturlarida hamyurtlarimizning ishtiroki

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ikkinchi kuni. Ushbu kun dasturida delegatsiyamizning 11 nafar vakili ishtirok etadi.

Tokio-2020: Ikkinchi kun dasturlarida hamyurtlarimizning ishtiroki

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ikkinchi kuni. Ushbu kun dasturida delegatsiyamizning 11 nafar vakili ishtirok etadi. Quyida hamyurtlarimizning ishtiroki bilan bog‘liq ma’lumotlarni kuzatib borishingiz mumkin:

06:10. Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmirzayev va Sobir Safaraliyev. Yengil qayiqdagi juftlik bahslarida ishtirok etayotgan vakillarimiz ushbu bosqichda ham to‘rtinchi natijani qayd etishdi. Endilikda ular 13-18 o‘rinlar uchun kurashni davom ettirishadi.

06:15. Taekvondo, -68 kg: Ulug‘bek Rashitov. Dastlabki saralash bosqichida hamyurtimizga malilik Seydu Mofana raqiblik qildi. Murosasiz kechgan jangda vakilimiz 38:17 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi.

07:00. Boks, -51 kg: Tursunoy Rahimova – Sandra Drabik (Polsha). -51 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan vakilimiz polshalik Sandra Drabikka qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda chiroyli jang o‘tkazgan Rahimova raqibasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Shu tariqa Rahimova Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan ilk bokschi qizimiz sifatida tarixga kirmoqda. Uning keyingi bosqichdagi raqibasi turkiyalik Buse Naz Chakiroo‘g‘lu bo‘ladi.

07:30. Dzyudo. Diyora Keldiyorova – Soserbaram Lxagvasuren (Mo‘g‘iliston)

Sardor Nurillayev – Denis Viyeru (Moldova)

09:00. Veloshosse, guruh poygasi: Olga Zabelinskaya 137 km

13:05. Sport gimnastikasi. Saralash, tayanib sakrash: Oksana Chusovitina

14:20. Boks, -63 kg: Elnur Abduraimov – Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘iliston)

15:50. Og‘ir atletika, -67 kg: Adhamjon Ergashev

16:45. Boks, -81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Emmet Brennan (Irlandiya)

 

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"