Sport

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi



Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Futbolchi bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.


«Milliy jamoamizning 7-raqamli futbolkasini topshirish vaqti keldi. Bu futbolka hech qachon faqat menga tegishli bo‘lmagan. Ammo 23 yil davomida uni kiyish, himoya qilish va dunyoning turli stadionlarida Portugaliya bilan birga olib yurish men uchun katta sharaf va mas’uliyat bo‘ldi.


Bugun uni keyingi avlodga topshirish vaqti keldi. Bu oson qaror bo‘lmadi. Chunki ayrim qarorlar faqat aql bilan emas, yurak bilan ham qabul qilinadi.


2003-yil avgustida boshlangan va hayotimni butunlay o‘zgartirgan yo‘l nihoyasiga yetdi», - deb yozgan Ronaldu.


Futbolchi terma jamoadagi faoliyati davomida faqat gollar, rekordlar va sovrinlarni emas, balki muxlislar bilan bog‘liq xotiralarni ham yodda saqlashini ta’kidladi.


«Men hech qachon uchrashmagan, ammo hayotimning bir qismiga aylangan millionlab portugaliyaliklarni ko‘ryapman. Chunki futbol shunchaki o‘yindan ancha kattaroq. Futbol - bu odamlar», - deya qo‘shimcha qildi hujumchi.


Ronaldu Portugaliya terma jamoasida 2003-yil avgustida debyut qilgan. U milliy jamoa safida jami 234 ta uchrashuvda maydonga tushib, 146 ta gol urdi. Bu erkaklar xalqaro futboli tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.


Hujumchi Portugaliya bilan 2016-yilda Yevropa chempionatida, 2019 va 2025-yillarda esa UEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u olti marta Jahon chempionatida ishtirok etib, ushbu musobaqaning olti xil turnirida gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylangan.


Shu tariqa, jahon futboli tarixidagi eng sermahsul hujumchilardan biri bo‘lgan Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi 23 yillik faoliyati yakunlandi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.