Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?
Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan 2027-yilgi Osiyo kubogi sanalari o‘zgartirilganini e’lon qildi. Musobaqa avval 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha o‘tkazilishi kerak edi. Yangi qarorga ko‘ra, turnir 2027-yil 23-dekabrda boshlanib, 2028-yil 21-yanvarda yakunlanadi.
OFK 3-noyabr kuni e’lon qilgan bayonotida qaror Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi va musobaqaning mahalliy tashkiliy qo‘mitasi bilan o‘tkazilgan batafsil muhokamalardan keyin qabul qilinganini bildirdi.
Konfederatsiya musobaqani kechiktirishga mintaqadagi favqulodda vaziyat, logistika bilan bog‘liq murakkabliklar va sayohatdagi uzilishlar sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Yangi sanalar tasdiqlanishi uchun FIFAga taqdim etiladi.
Musobaqa Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xobar shaharlaridagi sakkizta stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda 24 ta terma jamoa qatnashadi. Bu Osiyo kubogining 19-mavsumi bo‘ladi.
Musobaqada 24 ta terma jamoa ishtirok etadi. Amaldagi Osiyo kubogi sohibi — Qatar terma jamoasi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning oktabr oyi oxirida OFK va mahalliy tashkiliy qo‘mitasi musobaqaning barcha uchrashuvlari uchun boshlanish vaqtlarini hamda stadionlarni tasdiqlagan edi. O‘shanda turnirning ochilish uchyrashi 2027-yil 7-yanvar kuni Saudiya Arabistoni va Falastin terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan edi.








