Sport

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar uchun qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

 

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov («Nasaf»), Vladimir Nazarov («Paxtakor»), Edem Nemanov («Dinamo» Samarqand), Samandar Muratbayev («Nasaf»).

 

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov («Istiqlol», Eron), Jahongir O‘rozov («Rubin», Rossiya), Behruzjon Karimov («Lugano», Shveysariya), Sherzod Nasrullayev («Paxtakor»), Muhammadrasul Abdumajidov («Paxtakor»), G‘iyosjon Rizaqulov («Qizilqum»), Mahmudjon Mahamadjonov («Dinamo» Maxachqal’a, Rossiya), Dilshod Murtozoyev («Nasaf»).

 

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Traktor», Eron), Azizbek Tulqunbekov («Bunyodkor»), Akmal Mozgovoy («Paxtakor»), Azizjon G‘aniyev («Baniyas», BAA), Sherzod Esanov («Buxoro»), Umarali Rahmonaliyev («Sabah», Ozarbayjon), Diyor Xolmatov («Navbahor»), Behruz O‘ktamov («Surxon»), Abrorbek Ismoilov («Neftchi»), Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»), Ruslan Jiyanov («Navbahor»), Jasur Jaloliddinov («Navbahor»), Abbos Fayzullayev («Istanbul Bashakshexir», Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Aziz Xolmurodov (OKMK).

 

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Istanbul Bashakshexir», Turkiya), Husayn Norchayev («Navbahor»), Azizbek Amonov («Dinamo» Samarqand).

 

Qaydnomada himoyachi Abduqodir Husanov yo‘q. Terma jamoa murabbiylar va tibbiy shtabi futbolchining jismoniy holatini inobatga olib, tiklanish jarayonini davom ettirishi uchun uni noyabr yig‘iniga jalb qilmaslikka qaror qilgan.

 

Shuningdek, Eldor Shomurodov oilaviy sabablarga ko‘ra yig‘inning dastlabki kunlarida jamoa ixtiyorida bo‘lmaydi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Kannavaro shogirdlari 12-noyabr kuni Toshkentda Rossiya terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv «Paxtakor» stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

 

17-noyabr kuni esa O‘zbekiston Qatarning Doha shahrida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 20:30 ga belgilangan.

 

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.