Jamiyat

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi maʼlum bo‘ldi

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi maʼlumot berdi.

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi maʼlum bo‘ldi

 

 

Qayd etilishicha, akademik litseylarga kirish imtihonlari joriy yilning 26-28 avgust kunlari Davlat test markazi tomonidan maxsus pavilyonlarda o‘tkaziladi.

Taʼkidlanishicha, kirish imtihonlari zaruriyatga ko‘ra ikki smenada o‘tkazilishi mumkin.

Respublikada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, mazkur kirish imtihonlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lganda, vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda rasmiy telegram kanali orqali qo‘shimcha maʼlumot eʼlon qilinishi aytilgan.

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi maʼlum bo‘ldi | Zamon.uz