Jamiyat

Akademik Nusrat Parpiyev 90 yoshida vafot etdi

Atoqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Nusrat Parpiyev 90 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Akademik Nusrat Parpiyev 90 yoshida vafot etdi

 

 

Nusrat Parpiyev 1931 yilning 14 oktyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1953 yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini, 1956 yilda Moskva davlat universitetining aspiranturasini tamomlagan.

Bo‘lg‘usi olim o‘z mehnat faoliyatini Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan va qariyb 70 yillik faoliyati davomida Kimyo instituti, O‘rta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati ilmiy-tekshirish instituti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universitetida masʼul lavozimlarda mehnat qilib, mamlakatda noorganik kimyo sohasidagi dolzarb masalalarni tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shgan.

Nusrat Parpiyevning muallifligida kompleks birikmalar kimyosi yo‘nalishiga bag‘ishlangan 750 dan ziyod ilmiy maqolalar, 7 ta monografiya, 22 ta mualliflik guvohnomasi va 3 ta patent yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislari tomonidan yuksak eʼtirof etilgan.

Uning rahbarligida 50 dan ortiq fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

Akademik Nusrat Parpiyev 90 yoshida vafot etdi | Zamon.uz