Men 4 yoshimda nomusimdan ajraganman, men bunga loyiq emas edim
Zamon.uz saytiga Namanganlik Hakima Qobulovadan murojaat kelib tushdi.


U o‘z otasiga aliment to‘lashni istamaydi. Qizning aytishicha, otasi ularni uydan haydab solgan vaqtda, Hakima onasining qornida edi.
–Ota-onam men dunyo kelmasdan ajrshib ketishgan. Onam 3 ta farzandi bilan otasining uyiga qaytib kelgan. 6 oydan so‘ng men 4 chi farzand bo‘lib tug‘ilganman.
26 yildan beri yuragimda saqlab kelayotgan alamli dardim bor. Shuni bugun sizlarga aytmoqchiman. Lekin Onam meni eslay olmaydi deb o‘ylaydi. Ammo hammasi yodimda. Otamdan so‘ng onamni 17 yilga qamalib chiqqan Arabboy ismli erkakka majburlab turmushga berishdi.
Ular alohida yashashni boshlashdi. Men esa yangi dadamning ota-onasini uyiga yashash uchun yuborishdi. U yerda rosa ish qildirishardi. Qahraton qishni kunida quduqqa tushirib idish yuvishga majbur qilishardi. Men qiynalardim. Onam meni ko‘rgisi kelardi. Olib ketish uchun kelsa o‘gay dadamning otasi meni uydan olib qochib ketardi. Onam bilan ketishga ruxsat bermasdi. Chunki o‘g‘li yomon ekanligini bilardi. Yana biror narsa qilib qo‘ymasin dib meni bermadi.
Nega sizni onangiz bilan ketishga ruxsat berishmadi?
-Chunki o‘gay otam mastlikda meni 4 yoshimda nomusimni bulg‘agan edi. Meni xarob qilganini hamma bilardi. Bu ishlarni barida onamni aybi yo‘q, 4 ta bolani boqaman deb ne kuylarga tushmadi sho‘rlik. Bu ishlarni o‘sha vaqt bosti-bosti qilib yuborishgan. Sababi o‘gay bu ish bilan yana qamalsa bu safar aniq u yerdan chiqmasdi. Meni 4 yoshimda aqlim yo‘q edi. Kimga nima deyishni, atrofimda nima bo‘lganini ham tushunmasdim . Xushim o‘zimda emas edi. Shundan so‘ng o‘gay otamning otasi o‘zi bilan olib ketgan.
Onangiz shuncha gaplardan keyin yana o‘sha odam bilan yashab ketdimi?
-Ha, 4 ta bola bilan qayerga ham borsin. Yashash joyimiz bo‘lmagandan so‘ng.
-Hozirda nima ish qilasiz, turmushga chiqdingizmi?
Yo‘q turmushga chiqmadim, chunki meni yana ikkinchi bor ham zo‘rlashdi. Men u odam kim ekanligini aytmayman. O‘zimizni qishloqdan edi. Meni Qozog‘istonga ish topib beraman deb olib ketgan. O‘sha yerda meni zo‘rlagan. Shundan so‘ng 2019 yil 16 may kuni men o‘zimni osganman. Afsuski qutqarib qolishgan.
Shundan keyin qaytib kelib yomon yo‘lga yurib ketdim. O‘zimni tanamni sotdim. Axir yashashim kerakku. Ukam o‘z yo‘lini topib ketdi opam va men onamning qaramog‘idamiz. Onamning pensiyasi bizga yetmaydi. Shu sabab yengil hayotni tanladim.
-Yaqinlaringiz sizni shu yo‘lga kirganingizni bilishadimi?
-Ha bilishadi.
-Biror ishga kirishga halol pul topib hayotingizni yana izga solish haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?
-Ha o‘ylab ko‘rdim, lekin hozirda tuzukroq ish topolmayapman. Agar menga yordam berishsa, yaxshi oylik beradigan ish bilan taʼminlashsa albatta bu ishni yig‘ishtiraman va to‘g‘ri yo‘lga yuraman. Ishoning ko‘p joylarga bordim ish izlab ammo meni ishga olishmadi.
O‘zingizni haqiqiy otangiz bilan bog‘lanib yordam so‘rab ko‘rdingizmi?
-Yo‘q, lekin shu yilning mart oyida dadam bizni alimentga bergani haqida suddan qog‘oz keldi. Meni aliment to‘lash istagim yo‘q. Men uchun nima qildiki men to‘lashim kerak. Axir ota mehrisiz katta bo‘lganman. Onam o‘sha vaqt uy ham talab qilmadi, indamay chiqib ketaverdik. Men hozir yomon yo‘lga kirdim. Agar o‘sha vaqt bizlarni ko‘chaga haydab solmaganida, yaxshi tarbiya berib katta qilganida balki shu holatlar bo‘lmasmidi?!
Surʼat Qobilov Hakimaning otasi
-Bolalik paytida siz onasini 4 ta farzand bilan uydan chiqarib yuborgansiz, boqmagansiz xabar olmagansiz, aliment to‘lamagansiz. Hozir yoshingiz bir joyga borib qolganida endi farzandlaringizdan aliment talab qilyapsiz...
-Men doimiy aliment to‘lab kelganman. Balki bular bilishmas. Onasidan so‘rasin. Meni onasi alimentga bergan. Pochtadan yuborganim haqida kvitansiyalari ham bor. Hozir sog‘lig‘im yaxshi emas. Davolanishim kerak. Buning uchun esa pul kerak. Sabab shu.
-Farzandlaringizni necha yoshigacha aliment to‘ladingiz?
-15-16 yoshgacha to‘laganman
-Siz ota bo‘lib to‘lgan alimentingizdan boshqa yana nima qildingiz?
Men savollaringizga javob bermayman, lekin men alimentni baribir talab qilaman. Chunki men otasiman.
Biz Hakimga bundan buyog‘iga o‘zhayotini yaxshilashga harakat qilish kerakligin tushuntirdik psixolog bilan uchrashtirdik. Unga jamoamiz yordamida ish ham topib berdik. Endi Hakima hayotidagi yomon kunlarni xotirasidan o‘chirib faqat kelajakdagi yaxshi maqsadlar uchun yashaydi.
Maqolamizni uning so‘ngi dildagi gapi bilan yakunlashga qaror qildik.
-Ajrashayotgan oilalarga bitta gapim bor. Ajrashishdan avval farzandlaringizni kelajagini o‘ylab ko‘ring. Ona baribir otaning, ota esa onaning o‘rnini bosolmaydi. Ular meni xolimga tushib xor bo‘lishini istamayman. Qadrli ayollar va erkaklar agar sizning oilangiz darz ketayotgan bo‘lsa o‘zingiz uchun emas bolalaringiz uchun oilani saqlab qoling. Mana shu gaplarimni hozir farzandlaringiz aytayotgandek qabul qiling!
Munojat Valiyeva







