Nurmat Otabekov qo‘l mushagidan metal bo‘lagi chiqarilgani aks etgan videolarga munosabat bildirdi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bemorning deltasimon mushagidan bir metal parchasi chiqarib olish jarayoni namoyish qilingan videoga munosabat bildirdi.


Bu videoni tarqatayotganlar buni vaksinadan keyingi holat ekanini aytib, uni maxsus “chip” deyishmoqda. Bu haqiqatga mos kelmaydi!
«Birinchidan, suyuq metal — faqatgina simob hisoblanadi. Temir moddasini suyultirilgan holda organizmga kiritish mumkin emas. Chunki juda yuqori haroratdagina temir moddasi suyuq holatga keladi.
Qolaversa, temir moddasini organizmga yuborish uchun igna uchi judayam yo‘g‘on bo‘lishi kerak. Ushbu videodagi holatni vaksina bilan bog‘lash mutlaqo noto‘g‘ri! Bundan holatlarga ortiqcha eʼtibor qaratmasligingizni so‘raymiz», — dedi Otabekov.







