OTMga kirish test sinovlari 5 avgustdan boshlanadi
O‘zbekistonda oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 5 avgustdan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi xabar qildi.


O‘zR taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son bayoni bilan pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 o‘quv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 5 avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan) boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.







