Jamiyat

Andijonda Damas va ikkita Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, 26 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida uchta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 26 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Andijonda Damas va ikkita Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, 26 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi

 

 

Maʼlum qilinishicha, tumanning “Ijtimoyat” mahallasida Damas avtomobili yuqori tezlikda harakatlanib kelayotib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama-qarshi yo‘lga o‘tib ketgan. Oqibatda mashina Nexia bilan to‘qnashgan. Damas‘ning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi tan jarohatlar olib, kasalxonada vafot etgan. Eʼlon qilingan kadrlarda yana bir Nexia-2 avtomobil ham to‘qnashuvda ishtirok etganini ko‘rish mumkin.

Taʼkidlanishicha, Damas haydovchisi 3 oy oldin haydovchilik guvohnomasini olgan. YTHga uning tajribasizligi va katta tezlikda harakatlangani sabab bo‘lgan. Voqea joyi o‘rganilganda yo‘lga yotiq chiziqlar chizilgani, yo‘l chiroqlari va belgilari o‘rnatilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Andijonda Damas va ikkita Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, 26 yoshli yo‘lovchi halok bo‘ldi | Zamon.uz